O’SMIRLARDA GENDER IDENTIVLIKNING SHAKLLANISHI

Authors

  • Arabboyeva Zahro Tohirjonovna Author

Keywords:

o‘smirlik davri, gender identivligi, shaxs identivligi, o‘zini anglash, gender stereotiplari, ijtimoiylashuv, psixologik rivojlanish, ijtimoiy muhit

Abstract

Mazkur tezisda o‘smirlik davrida gender identivligining shakllanishi, uning psixologik va ijtimoiy omillari hamda shaxs kamolotidagi ahamiyati nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Gender identivligi shaxsning o‘zini anglash jarayoni, o‘ziga xosligini idrok etishi, ijtimoiy munosabatlarda o‘z o‘rnini belgilashi va genderga oid tasavvurlarini shakllantirishi bilan bog‘liq murakkab psixologik hodisa sifatida yoritiladi. Tadqiqotning nazariy asosini shaxs identivligi, ijtimoiy o‘rganish va psixososial rivojlanish yondashuvlari tashkil etadi. Mavjud ilmiy adabiyotlar tahlili asosida oila, tengdoshlar muhiti, ta’lim muassasasi, ommaviy axborot vositalari va raqamli makonning o‘smirlar o‘zligini anglash jarayoniga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, gender stereotiplari, ijtimoiy kutishlar va shaxsiy tajribaning o‘zaro munosabati tahlil qilinadi. Gender identivligining shakllanishini birgina biologik yoki ijtimoiy omil bilan izohlash mumkin emasligi, mazkur jarayon ko‘p omilli va individual xususiyatga ega ekanligi asoslanadi. Tezis yakunida o‘smirlarning individual xususiyatlarini hurmat qilish, sog‘lom psixologik muhitni yaratish va ilmiy asoslangan diagnostik yondashuvlardan foydalanishga doir tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Author Biography

  • Arabboyeva Zahro Tohirjonovna

    Namangan Davlat Universiteti, Pedagogika fakulteti, psixologiya yo’nalishi magistri

References

Published

2026-10-12