SANOAT, ISHLAB CHIQARISH VA TADBIRKORLIK JARAYONLARINING MATBUOTDAGI TALQINI

Authors

  • Rayimqulova Saida Sirojiddin qizi Author

Keywords:

Samarqand viloyati, davriy matbuot, sanoat, ishlab chiqarish, xususiy tadbirkorlik, iqtisodiy transformatsiya, manbashunoslik tahlili, diskurs, kontent-tahlil.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Mustaqilligi davrida (1991–2023-yillar) Samarqand viloyati sanoati, ishlab chiqarish sohasi va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining davriy matbuot sahifalarida yoritilishi va talqin qilinishi manbashunoslik hamda tarixiy-qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda matbuot materiallari jamiyatdagi iqtisodiy transformatsiyalarni va institutsional o‘zgarishlarni aks ettiruvchi muhim tarixiy manba sifatida baholanadi. Maqolada rejali iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, hamda so‘nggi yillardagi sanoatlashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonlarining matbuotdagi diskursiv xususiyatlari ochib berilgan.

Author Biography

  • Rayimqulova Saida Sirojiddin qizi

    Samarqand shahar 70-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi

References

Published

2026-10-12