SHTAMBSIMON POMIDOR NAV NAMUNALARINING EKISH MUDDATIGA KOʻRA RIVOJLANISH FAZALARI VA AMAL DAVRINING DAVOMIYLIGI

Authors

  • Mirzabdullaev G‘.N Author
  • Asadullayev A.R Author

Keywords:

shtambsimon pomidor, nav namunasi, ekish muddati, rivojlanish fazalari, gullash, pishish, amal davri, ertapisharlik.

Abstract

Maqolada Oʻzbekistonning Namangan viloyati sharoitida 14 ta shtambsimon (shtamb tipidagi) pomidor nav namunasining ikki xil ekish muddatida rivojlanish fazalari unib chiqishdan gullashgacha va gullashdan pishishgacha davrlari hamda umumiy amal (vegetatsiya) davrining davomiyligi qiyosiy oʻrganildi. Tadqiqot natijasida namunalarning amal davri I ekish muddatida 100–122 kun, II ekish muddatida 91–113 kun oraligʻida oʻzgarishi aniqlandi. Eng ertapishar namunalar Revansh (100/93 kun), Fonarik (102/98 kun) va Severyanka (103/96 kun), eng uzun amal davriga ega namunalar esa Taramata (122/104 kun), Alpatyev 905a (121/102 kun) va Marjona (119/109 kun) boʻldi. Kechki (II) ekish muddatida amal davri barcha navlarda qisqardi; bu asosan gullashdan pishishgacha fazaning yozning yuqori harorati taʻsirida tezlashishi bilan bogʻliq boʻldi.

Author Biographies

  • Mirzabdullaev G‘.N

    SPE va KITI Namangan ITS q.x.f.f.d.,(PhD),

  • Asadullayev A.R

    SPE va KITI Namangan ITS agrotexnologiya va
    o‘simliklar himoyasi laboratoriyasi, mudiri

References

Published

2026-11-05