SHTAMBSIMON POMIDOR NAV NAMUNALARINING EKISH MUDDATIGA KOʻRA HOSILDORLIGI VA UNING ELEMENTLARI
Keywords:
shtambsimon pomidor, nav namunasi, ekish muddati, umumiy hosildorlik, ertagi hosil, tovarbop hosil, standartga nisbatan samaradorlik, Namangan viloyati.Abstract
Maqolada Oʻzbekistonning Namangan viloyati sharoitida 14 ta shtambsimon (shtamb tipidagi) pomidor nav namunasining ikki xil ekish muddatida umumiy, ertagi va tovarbop hosildorligi hamda standart (Bardam) navga nisbatan samaradorligi qiyosiy oʻrganildi. Tadqiqot natijasida namunalarning umumiy hosildorligi I ekish muddatida 43,4–67,4 t/ga, II ekish muddatida 37,2–53,3 t/ga oraligʻida oʻzgarishi aniqlandi. Umumiy hosildorlik boʻyicha Utenok (67,4 t/ga; standartdan +32%) va Sevara (58,0 t/ga; +13%) navlari yetakchilik qildi. Koʻpchilik namunalarda ertaroq (I) ekish muddati yuqoriroq hosil berdi, biroq Sevara va Chelnok kabi ayrim navlarda kechki (II) muddatda ham hosildorlik barqaror yoki yuqoriroq boʻldi. Tovarbop hosil ulushi barcha namunalarda 90% dan yuqori boʻlib, navlarning yuqori tovar sifatini tasdiqladi.