FIRMA FOYDASINI ANIQLASH VA UNI MAKSIMALLASHTIRISH STRATEGIYALARI

Authors

  • Oʻskanova Aziza Rustamjon qizi Author
  • Xasanova Madina Author

Keywords:

Firma foydasi, foydani maksimallashtirish, marjinal daromad, marjinal xarajat, mukammal raqobat, monopoliya, xarajatlarni optimallashtirish, bozor tuzilmasi

Abstract

Ushbu maqolada mikroiqtisodiy darajada firmaning moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlovchi asosiy koʻrsatkich – firma foydasini aniqlash hamda uni maksimallashtirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida umumiy, oʻrtacha va marjinal daromadlar hamda xarajatlarning oʻzaro bogʻliqligi koʻrib chiqilib, foydani maksimallashtirishning oltin qoidasi (MR = MC) nazariy jihatdan asoslanadi. Shuningdek, turli bozor tuzilmarilari sharoitida firmalarning narx va ishlab chiqarish hajmi boʻyicha qaror qabul qilish strategiyalari qiyosiy baholanadi. Maqolada milliy iqtisodiyot sharoitida faoliyat yuritayotgan firmalarning foydasini oshirish va xarajatlarini optimallashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

Author Biographies

  • Oʻskanova Aziza Rustamjon qizi

    Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi

  • Xasanova Madina

    Ilmiy rahbar: assistent oʻqituvchi

References

Published

2026-11-11