QASHQADARYO VILOYATI SHAROITIDA PATISSON YETISHTIRISHDA AGROTEXNIK TADBIRLAR VA O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH SAMARADORLIGI
Keywords:
patisson, Kitob tumani, tuproq-iqlim sharoiti, agrotexnologiya, ekish muddati, sug‘orish, mineral oziqlantirish, o‘simliklarni himoya qilish, fitosanitar holat, kasalliklar, zararkunandalar, hosildorlikAbstract
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati Kitob tumani tuproq-iqlim sharoitida patisson ekinini yetishtirishning agrotexnologik xususiyatlari hamda o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish masalalari yoritilgan. Patisson ekinining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sir etuvchi asosiy agrotexnik omillar, jumladan, tuproqqa ishlov berish, ekish muddatlari, sug‘orish, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish va parvarishlash tadbirlari tahlil qilingan. Shuningdek, ekinda uchraydigan kasallik va zararkunandalarning zararini kamaytirish, fitosanitar holatni yaxshilash hamda integratsiyalashgan himoya usullaridan foydalanishning ahamiyati asoslab berilgan. Olingan natijalar asosida Kitob tumani sharoitida patisson yetishtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan