JARQO‘RG‘ON MINORASI — O‘RTA ASRLAR MARKAZIY OSIYO ME’MORCHILIGINING NOYOB NAMUNASI

Authors

  • Kushakov Safarali Yusupovich Author
  • Dilchehra Eshmurzayeva Husan qizi Author

Keywords:

Jarqo‘rg‘on minorasi, me’morchilik, Surxondaryo, o‘rta asrlar, Ali ibn Muhammad Saraxsiy, kufiy yozuvi, madaniy meros, me’moriy yodgorlik.

Abstract

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan, XII asr boshlarida qurilgan Jarqo‘rg‘on minorasining tarixiy, me’moriy va badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Minora 1108–1109-yillarda me’mor Ali ibn Muhammad Saraxsiy tomonidan bunyod etilgan bo‘lib, Markaziy Osiyo o‘rta asr me’morchiligining noyob yodgorligi hisoblanadi. Tadqiqotda minoraning o‘n olti qirrali, qovurg‘asimon tashqi tuzilishi, pishiq g‘ishtdan terilgan naqshlari, kufiy yozuvlari va qurilish texnikasi yoritiladi. Shuningdek, yodgorlikning o‘z davridagi vazifasi, hozirgi saqlanish holati va uni asrab-avaylash masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada tarixiy manbalar, arxeologik va me’moriy tadqiqot natijalari qiyosiy-tahliliy usulda o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, turizmni rivojlantirish hamda o‘quv jarayonida foydalanish uchun amaliy ahamiyatga ega

Author Biographies

  • Kushakov Safarali Yusupovich

    Termiz davlat universiteti, Tarix fakulteti, PhD

  • Dilchehra Eshmurzayeva Husan qizi

     O‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti,  1-bosqich talabasi

References

Published

2026-11-13