DENTAL IMPLANTATSIYA BOSQICHLARIDA VAQTINCHALIK PROTEZ TURINI TANLASH ALGORITMINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
dental implantatsiya, vaqtinchalik protez, tanlash algoritmi, ortopedik davolash, individual yondashuvAbstract
Tishlarning qisman yoki to‘liq yo‘qotilishi chaynash faoliyati, nutq, yuz estetikasi va bemorning ruhiy holatiga ta’sir qiladi. Dental implantatsiya bosqichlarida vaqtinchalik protezlash bemorning doimiy ortopedik davolash yakunlangunga qadar kundalik faoliyatini tiklashga xizmat qiladi. Biroq vaqtinchalik konstruksiyani tanlashda nuqsonning joylashuvi va uzunligi, tayanch to‘qimalarning holati, jarrohlik bosqichining xususiyatlari hamda gigiyenik imkoniyatlarni birgalikda baholash zarur. Ushbu omillarni izchil hisobga oladigan algoritm ishlab chiqish davolashni individuallashtirish uchun muhimdir. [1, 2] Usmonov va Masharipovning bazis plastmassalarni taqqoslashga bag‘ishlangan ishida bemorlarni so‘rovdan o‘tkazish, og‘iz bo‘shlig‘i va protezlarni tekshirish asosida material tanlash masalasi o‘rganilgan [4]. Periimplant sohadagi yallig‘lanish asoratlarining oldini olish ham protezlashni rejalashtirishda e’tiborga olinishi kerak [5