OʻQUVCHILARGA LEKSIKOLOGIYA BOʻLIMINI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA OʻRGATISH

Authors

  • Islomova Mohlaroyim Murodillo qizi Author

Keywords:

leksikologiya, raqamli pedagogika, Kahoot!, Quizizz, milliy korpus, zamonaviy taʼlim, interaktiv darslar, soʻz boyligi

Abstract

Maqolada ona tili taʼlimida leksikologiya boʻlimini raqamli texnologiyalar yordamida oʻrgatishning samarali metodlari yoritilgan. Bugungi talabalar smartfon va internetga oʻrganib qolgan, anʼanaviy maʼruza va seminarlar esa ularning eʼtiborini ushlab turishda qiynalmoqda. Shu sababli omonim, paronim, sinonim, antonim kabi leksik hodisalarni yodlash oʻrniga, ularni jonli kontekstda anglash yoʻllari koʻrib chiqiladi. Maqolada Kahoot! va Quizizz interaktiv testlari, YouTube video darslari hamda Oʻzbek tilining milliy korpusi (Uzcorpora.uz) imkoniyatlaridan foydalanish tartibi taklif etiladi. Bu metodlar paronimlarni farqlash, koʻp maʼnoli soʻzlarni aniqlash va soʻzni matnda toʻgʻri qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Raqamli yondashuv talabalarning soʻz boyligini oshirishi, darsga qiziqishini kuchaytirishi va bilimlarni xotirada mustahkam saqlashga yordam berishi mumkin. Taklif etilayotgan yondashuv maʼruza, seminar va mustaqil taʼlim jarayonlarida birdek qoʻllanishi mumkin. Shuningdek, maqolada raqamli vositalarni dars tizimiga bosqichma-bosqich joriy etish yoʻllari va ularning oʻzaro bogʻliqligi ham koʻrsatib beriladi. Maqoladagi tavsiyalar oʻqituvchilarga darslarni qiziqarli, tushunarli va natijaviy tashkil etishda, shuningdek, talabalarning mustaqil fikrlash hamda lingvistik kuzatuvchanlik koʻnikmalarini rivojlantirishda yordam beradi

Author Biography

References

Published

2026-11-15