SUD TOMONIDAN MEDIATSIYAGA YO‘NALTIRISH INSTITUTINI RIVOJLANTIRISH: QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL

Authors

  • Yo‘ldoshaliyeva Fotimaxon Davronboy qizi Author

Keywords:

mediatsiya, sud bilan bog‘liq mediatsiya, mediatsiyaga yo‘naltirish, axborot uchrashuvi, ixtiyoriylik prinsipi, fuqarolik protsessi, iqtisodiy protsess, qiyosiy-huquqiy tahlil

Abstract

Maqolada fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishda sud tomonidan taraflarni mediatsiyaga yo‘naltirish instituti tahlil qilinadi. O‘zbekiston qonunchiligi Germaniya, Italiya, Fransiya, Angliya, Qozog‘iston va Rossiya tajribasi bilan to‘rt mezon bo‘yicha solishtiriladi: kim yo‘naltiradi, qaysi bosqichda, qanday shaklda va rioya qilmaslik qanday oqibatga olib keladi. Tahlil natijasida O‘zbekistonda sudning roli faqat mediatsiya imkoniyatini tushuntirish bilan cheklangani, xorijda esa ixtiyoriy taklifdan majburiy tayinlashgacha bo‘lgan modellar mavjudligi aniqlandi. Muallif majburiy mediatsiya o‘rniga uch darajali tabaqalashtirilgan yo‘naltirish modelini taklif qiladi: barcha ishlarda tushuntirish, ayrim toifadagi nizolarda mediator bilan axborot uchrashuvi va murakkab tijorat nizolarida taraflar roziligi bilan ishni mediatsiyaga yuborish to‘g‘risida ajrim.

Author Biography

References

Published

2026-11-15