TARIXIY-MADANIY MEROS OBYEKTLARINI 3D MODELLASHTIRISH: POLIGONAL MODELLASHTIRISH USULLARINING QIYOSIY TAHLILI

Authors

  • Xamrayeva Nilufar Tuyg‘un qizi Author

Keywords:

tarixiy-madaniy meros, 3D modellashtirish, poligonal modellashtirish, boʻlinma sirtlar, HBIM, raqamli hujjatlashtirish

Abstract

Ushbu tezisda tarixiy-madaniy meros obyektlarini raqamli hujjatlashtirish va saqlashning zamonaviy vositasi sifatida poligonal modellashtirish usullari tahlil qilingan. Quti (box) modellashtirish, kontur va ekstruziya asosidagi modellashtirish, boʻlinma sirtlar (subdivision surface), retopologiya hamda parametrik (modulli) poligonal modellashtirish usullari detallashuv darajasi, tahrirlash qulayligi, mehnat sigʻimi va tekstura sifati mezonlari boʻyicha qiyosiy baholandi. Natijada meros obyektlari uchun besh bosqichli poligonal modellashtirish ish jarayoni taklif etildi. Olingan xulosalar restavratsiyani loyihalash, vizualizatsiya va virtual turizm maqsadlarida foydalanish mumkin.

Author Biography

  • Xamrayeva Nilufar Tuyg‘un qizi

     Nishon tuman texnikumi maxsus fanlar o‘qituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1-bosqich magistranti, xamrayeva631@gmail.com

References

Published

2026-11-17