EKOKRITIKA (EKOLIGIK ADABIYOTSHUNOSLIK) — JAHON ADABIYOTINING ENG YANGI YO'NALISHI

Authors

  • Qayumova Robiya Nizom qizi Author
  • Mengboyeva Baxtiniso Mamatqobilovna Author

Keywords:

ekokritika, ekologik adabiyotshunoslik, o‘zbek adabiyoti, jahon adabiyoti, antropotsentrizm, ekotsentrizm, adabiy tahlil

Abstract

Global ekologik muammolarning keskinlashuvi gumanitar fanlarda, xususan, adabiyotshunoslikda yangi tadqiqot yo‘nalishlarini yuzaga keltirdi. Ekokritika XX asr oxirida shakllanib, XXI asrda jadal rivojlanayotgan, adabiy matnlarni tabiat, ekologiya va inson-muhit munosabatlari nuqtayi nazaridan tahlil qiluvchi zamonaviy metodologik paradigmadir. Ushbu tadqiqotning maqsadi ekokritika yo‘nalishining nazariy asoslari, rivojlanish bosqichlari hamda jahon va o‘zbek adabiyotshunosligidagi o‘rni va ahamiyatini kompleks tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi Google Scholar, Scopus, Web of Science kabi xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari va O‘zbekistonning milliy elektron kutubxonalarida 2020-yildan keyin nashr etilgan manbalarni o‘z ichiga olgan tizimli adabiyot qidiruviga asoslangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ekokritika jahon adabiyotshunosligida antroposentrik qarashlardan ekotsentrik yondashuvga o‘tishni targ‘ib qiluvchi yetakchi yo‘nalish sifatida mustahkamlanmoqda, O‘zbek adabiyotshunosligida esa nisbatan yangi bo‘lsa-da, Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni kabi asarlarni ekokritik talqin qilish orqali dolzarbligi ortib bormoqda. Tadqiqot ekokritikaning ekologik ongni shakllantirish va insonning tabiat oldidagi mas’uliyatini anglatishdagi muhim rolini ta’kidlaydi, bu esa adabiy tahlil orqali barqarorlik tamoyillarini ilgari surish uchun yangi istiqbollarni ochadi.

Author Biographies

  • Qayumova Robiya Nizom qizi

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Filologiya fakulteti

    O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 2-bosqich 220-guruh talabasi

    e-mail:qayumovarobiya205@gmail.com

  • Mengboyeva Baxtiniso Mamatqobilovna

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Filologiya fakulteti

    O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 2-bosqich 220-guruh talabasi

References

Published

2026-11-17