KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISHNING HUQUQIY MEXANIZMLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: kiberjinoyatchilik, kiberxavfsizlik, kibermakon, axborot xavfsizligi, raqamli kriminalistika, elektron dalillar, huquqiy mexanizm, jinoyat huquqi, tergov, profilaktika, xalqaro hamkorlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlari tahlil qilinadi. Kiberjinoyatchilik bugungi kunda shaxs, jamiyat, davlat va iqtisodiy tizimlarning axborot xavfsizligiga jiddiy tahdid soluvchi jinoyat turlaridan biriga aylanib bormoqda. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida kiberjinoyatchilikning oldini olish, uni aniqlash, tergov qilish va sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortishning huquqiy asoslari, vakolatli davlat organlarining faoliyati, raqamli dalillardan foydalanish, raqamli kriminalistika hamda xalqaro hamkorlik masalalari yoritilgan. Shuningdek, kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning samaradorligini oshirishda huquqiy normalarni zamonaviy texnologik jarayonlarga moslashtirish, mutaxassislar tayyorlash va aholining kiberxavfsizlik madaniyatini rivojlantirishning ahamiyati ochib beriladi.