SMARTFON VA AQLLI SOATLAR ORQALI YURAK RITMINI MONITORING QILISH: ARITMIYALARNI ERTA ANIQLASH IMKONIYATLARI

Authors

  • Nuratdinova Sarbinaz Paxratdin qizi Author

Keywords:

Kalit so’zlar: bo’lmachalar fibrillyasiyasi, aritmiya, smartfon, aqlli soat, fotopletizmografiya, elektrokardiografiya, raqamli kardiologiya, telemonitoring.

Abstract

Annotasiya. Yurak ritmi buzilishlari, ayniqsa, bo’lmachalar fibrillyasiyasi (BF), yurak-qon tomirkasalliklari va ishemik insult rivojlanishining muhim havf omillaridan biri hisoblanadi. Aritmiyalarni erta aniqlash zamonaviy kardiologiyaning muhim yo’nalishlaridan bo’lib, raqamli texnologiyalar, smartfonlar va aqlli soatlar ushbu jarayonni bemorning kundalik hayotida amalga oshirish imkoniyatini kengaytirmoqda. Mazkur tezisda fotopletizmografiya (PPG) va yagona kanalli elektrokardiografiya (ECG) texnologiyalaridan foydalanuvchi zamonaviy qurilmalarning aritmiyalarni, xususan, bo’lmachalar fibrillyasiyasini erta aniqlashdagi imkoniyatlari taxlil qilindi. 2025-yilda o’tkazilgan yirik sistematik sharh va diagnostik meta-tahlilda 26 ta tadqiqot va 17349 nafar bemor qamrab olingan bo’lib, aqlli soatlar yordamida Bfni aniqlashda umumiy sezuvchanlik 95%, spetsifik 97%, AUC 0,97 ni tashkil etgan. Biroq tadqiqotlar o’rtasida yuqori geterogenlik mavjudlgi raqamli qurilmalar natijasini klinik EG bilan tasdiqlash zarurligini ko’rsatadi. (JACC)

References

Published

2026-09-29