KOMMUNIKATIV YONDASHUV VA SUN’IY INTELLEKT INTEGRATSIYASI ASOSIDA INGLIZ TILI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: kommunikativ yondashuv, sun’iy intellekt, ingliz tilini o‘qitish, raqamli ta’lim, kommunikativ kompetensiya, interaktiv metodlar, individual ta’lim, adaptiv o‘qitish, teskari aloqa, ta’lim texnologiyalari.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada kommunikativ yondashuv va sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarini integratsiyalash asosida ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Ingliz tilini o‘qitishda o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish, real muloqot vaziyatlarini tashkil etish, individual ta’lim ehtiyojlarini hisobga olish hamda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, sun’iy intellekt vositalari yordamida og‘zaki nutq, tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchilarga individual teskari aloqa berish va ta’lim jarayonini moslashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. AI texnologiyalaridan foydalanishda o‘qituvchining yetakchi roli, axborotning ishonchliligi, akademik halollik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada kommunikativ yondashuv va sun’iy intellekt imkoniyatlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.