VOLEYBOL MASHG‘ULOTLARI ORQALI YOSHLARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: voleybol, yoshlar, jismoniy tarbiya, jismoniy sifatlar, sog‘lom turmush tarzi, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, jamoaviy hamkorlik, sport mashg‘ulotlari.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada voleybol mashg‘ulotlarining yoshlar jismoniy sifatlarini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Voleybol sport turi orqali kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik va sakrovchanlik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, muntazam sport mashg‘ulotlarining yoshlar salomatligiga ijobiy ta’siri, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va zararli odatlarning oldini olishdagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Maqolada voleybol mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda jismoniy tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.