INGLIZ TILIDA O‘QISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL TA’LIM METODLARINING O‘RNI
Keywords:
Kalit so‘zlar: ingliz tili, o‘qish ko‘nikmasi, interfaol ta’lim, pedagogik texnologiyalar, matn tahlili, lug‘at boyligi, tanqidiy fikrlash, kommunikativ kompetensiya, mustaqil ta’lim, zamonaviy metodlar.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz tilida o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishda interfaol ta’lim metodlarining ahamiyati, ularni ta’lim jarayonida qo‘llash usullari va pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. O‘qish ko‘nikmasi chet tilini o‘zlashtirishning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilarning matn mazmunini tushunishi, yangi so‘zlarni o‘zlashtirishi, asosiy fikrni aniqlashi va mustaqil xulosa chiqarishida muhim o‘rin tutadi. Maqolada aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, klaster, munozara, savol-javob va matnni tahlil qilish kabi interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida ta’lim oluvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va matn bilan ishlash samaradorligini kuchaytirishga doir metodik tavsiyalar berilgan.