TIJORAT BANKLARI DAROMAD BAZASI TUSHUNCHASINING IQTISODIY MAZMUNI VA UNING QO‘LLANISHI

Authors

  • Togayev Salim Sobirovich Author

Abstract

Kirish. O‘zbekistonda ham tijorat banklarining daromad bazasini mustahkamlash bank tizimini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining 50-maqsadida bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish belgilangan. Jumladan, 2030-yilgacha bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmini 40 milliard AQSH dollariga yetkazish, bank omonatlari hajmini to‘rt barobarga oshirish, banklarni xususiylashtirish hamda xalqaro tan olingan standart va talablarni joriy etish vazifalari nazarda tutilgan. Ushbu vazifalarning bajarilishi banklarning resurs bazasini kengaytirish, daromad keltiruvchi aktivlar tarkibini takomillashtirish, bank xizmatlarini diversifikatsiyalash va barqaror daromad manbalarini shakllantirish bilan bevosita bog‘liq.

References

Published

2026-10-20