2 TIP QANDLI DIABET BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA ARTERIAL GIPERTENZIYA RIVOJLANISHIDA AGTR1 GENIDAGI A1166C POLIMORFIZMINING ROLI

Authors

  • Ellamonov Suxrobjon Nu'mon o'g'li Author

Keywords:

Kalit so'zlar: 2 tip qandli diabet, arterial gipertenziya, AGTR1 geni, A1166C polimorfizmi, renin-angiotenzin tizimi, genetik marker.

Abstract

Ushbu tadqiqotda 2 tip qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda angiotenzin II retseptori 1 tipi geni (AGTR1) A1166C polimorfizmining arterial gipertenziya rivojlanishidagi roli o'rganildi. 128 nafar bemor (72 nafari arterial gipertenziya bilan) PCR–RFLP usulida genotiplandi. Natijalar arterial gipertenziya bilan og'rigan bemorlarda CC genotifi uchrayotganligi (22,2%) nazorat guruhiga nisbatan sezilarli yuqori ekanini (p<0,05), 1166 C allelining gipertenziya xavfini oshirish koeffitsienti esa OR=2,34 (95% CI 1,04–5,27) ni tashkil etishini ko'rsatdi. CC genotifi tashuvchilarida sistolik va diastolik arteriyalik bosim ko'rsatkichlari yuqoriroq, mikroalbuminuriya tez-tez uchragan. AGTR1 A1166C polimorfizmi 2 tip qandli diabet bemorlarida arterial gipertenziyani erta bashorat qilishda genetik marker sifatida qo'llanilishi mumkinligi taxmin qilinadi.

References

Published

2026-10-21