GENDER STEREOTIPLARI VA ULARNING AYOLLARNING IJTIMOIY MAVQEIGA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: gender, gender stereotiplari, gender tengligi, ayollar huquqlari, ijtimoiy mavqe, diskriminatsiya, ijtimoiy munosabatlar, gender madaniyati, ijtimoiy adolat.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tezisda gender stereotiplarining mazmun-mohiyati, ularning shakllanish omillari hamda ayollarning jamiyatdagi ijtimoiy mavqei, ta’lim olishi, kasbiy faoliyati va qarorlar qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokiga ta’siri tahlil qilinadi. Gender stereotiplarining oilaviy munosabatlar, mehnat bozori, ta’lim tizimi va ommaviy axborot vositalarida namoyon bo‘lish xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, gender tengligini ta’minlashning huquqiy asoslari, xususan, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan kafolatlar hamda xalqaro huquqiy me’yorlarning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Gender stereotiplarini kamaytirish, ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish va teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.