RAQAMLI DISKURSDA ANTROPONIMLARNING PRAGMATIK RESEMANTIZATSIYASI VA PEJORATIVLASHUV JARAYONI (“Zaynab” ismi misolida)
Keywords:
antroponim, resemantizatsiya, pejorativlashuv, raqamli diskurs, fonetik kontaminatsiya, yoshlar slengi, stigma, memetika.Abstract
Mazkur maqolada raqamli kommunikatsiya muhitida antroponimlarning pragmatik resemantizatsiyasi jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqot ob’ekti sifatida “Zaynab” ismi tanlanib, uning tarixiy-madaniy semantik og‘irligi hamda zamonaviy yoshlar subkulturasi diskursida yuzaga kelgan fonetik kontaminatsiya asosidagi konnotativ siljishlar o‘rganiladi. Tadqiqotda diskursiv tahlil, pragmalingvistik yondashuv hamda kuzatuv metodi qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, internet-slang va memetik tafakkur antroponimlarni ham subkultural o‘yin maydoniga aylantirmoqda. Biroq tarixiy va diniy semantik asosga ega ismlarning to‘liq stigmatizatsiyaga uchrashi ehtimoli past. Maqolada avlodlararo semantik tafovut, fonetik kontaminatsiya va pejorativlashuv mexanizmlari konseptual jihatdan asoslanadi.
References
1. Begmatov E. O‘zbek ismlari ma’nosi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2010.
2. Begmatov E.. O‘zbek onomastikasi. – Toshkent: Fan, 2013.
3. Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar. – Toshkent: Sharq nashriyoti, 2018.
4. George Yule. Pragmatics. – Oxford: Oxford University Press, 1996.
5. David Crystal. Language and the Internet. – Cambridge: Cambridge University Press, 2006.
6. T. van Deyk. Discourse and Power. – New York: Palgrave Macmillan, 2008.