ISAJON SULTON HIKOYALARIDA OTA VA FARZAND SOG‘INCHI TALQINI (“Sog‘inch” va “Otamga nimadir bo‘ldi” hikoyalari misolida)

Authors

  • Yuldosheva Saodat Azizovna Yuldosheva Saodat Azizovna Author
  • Jo‘rayeva Surayyo Tolibjonovna Jo‘rayeva Surayyo Tolibjonovna Author

Keywords:

nasr, hikoya, obraz, mehr, sog‘inch, baxt, detal, tasavvur.

Abstract

Zamonaviy o‘zbek adabiyotida inson ruhiyati, ichki kechinmalar va oilaviy munosabatlar tasviri muhim hisoblangan bir qancha asarlar yaratilgan bo‘lib, bu asarlarda asosan ota yoki onaning oiladagi tutgan o‘rni va unga bo‘lgan hurmat haqida qarashlar ilgari surilgan. Adabiyotimizda bugunga qadar ota yoki farzandning aynan sog‘inchi ifodalagan, tasvirlangan hikoyalar sanoqli. Bu jihatdan yozuvchi Isajon Sulton ijodi alohida e’tiborga loyiqdir. Ayniqsa, ota va farzand munosabatlari bilan bog‘liq ruhiy kechinmalar yozuvchining ko‘plab hikoyalarida markaziy o‘rin egallaydi. Adib asarlarida inson qalbidagi sog‘inch, mehr, ayriliq iztiroblari hamda yaqin insonlarga bo‘lgan bog‘liqlik kabi mavzular еtakchilik qilgan “Sog‘inch” va “Otamga nimadir bo‘ldi” hikoyalari tahlilga olinadi. Maqolada Isajon Sulton hikoyalarida ota va farzand obrazining qo‘llanishi va u orqali ifodalangan sog‘inch motivi tahlil qilinadi.

Author Biographies

  • Yuldosheva Saodat Azizovna, Yuldosheva Saodat Azizovna

    Samarqand davlat pedagogika instituti dotsenti

  • Jo‘rayeva Surayyo Tolibjonovna, Jo‘rayeva Surayyo Tolibjonovna

    Samarqand davlat pedagogika instituti magistranti

References

1. Sh.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va buyuk xalqimiz bilan birga quramiz”. – T :”O‘zbekiston”.2017.488-b.

2. Hoshimov O‘. Dunyoning ishlari. – T: “Ilm-ziyo-zakovat”.2019 46-80 b.

3. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/isajon-sultonov-1967/ isajon-sulton-sog-inch-hikoya

4. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/isajon-sultonov-1967/isajon-sulton-otamga-nimadir-bo-ldi-hikoya

Published

2026-04-16