EKOLOGIK TA’LIM TUSHUNCHASINING NAZARIY ASOSLARI
Keywords:
ekologik ta’lim, ekologik madaniyat, atrof-muhit muhofazasi, barqaror rivojlanish, ekologik ong, ekologik kompetensiya, ekologik bilim, ekologik tarbiya, ekologik mas’uliyat, ekologik tafakkur, tabiatni asrash, ekologik yondashuvAbstract
Mazkur maqolada ekologik ta’lim tushunchasining nazariy asoslari, uning mazmun-mohiyati hamda zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Ekologik ta’limning shaxsda ekologik madaniyatni shakllantirishdagi ahamiyati, atrof-muhitga ongli munosabatni rivojlantirishdagi pedagogik omillar yoritib beriladi. Ekologik bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan didaktik yondashuvlar ham ko‘rib chiqiladi. Maqolada ekologik ta’limni tashkil etishning nazariy tamoyillari hamda uni ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish usullari tahlil etiladi. Ekologik ta’lim orqali barqaror rivojlanish g‘oyalarini yosh avlod ongiga singdirish zarurligi asoslab beriladi. Natijada ekologik ta’limning jamiyat taraqqiyoti va tabiatni muhofaza qilishdagi muhim o‘rni ilmiy jihatdan yoritiladi.