HOZIRGI O‘ZBEK NASRIDA AYOL OBRAZLARI TALQINI

Authors

  • Qobilova Zarnigor O‘ktamovna Qobilova Zarnigor O‘ktamovna Author

Keywords:

ayol, ona, ma’naviy go‘zallik manbai, kuchli shaxs, shaxsiy va ruhiy xulq-atvor, Pardaxol, Oyimgul, Turdixol, Jumagul checha, Ziyoda.

Abstract

Maqolada hozirgi o‘zbek nasrida ayol obrazining estetik, ma’naviy va ijtimoiy talqini XXI asr adabiy jarayoni kontekstida tahlil etiladi. Tadqiqot markazida adiba Guljahon Mardonovaning zamonaviy o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos hodisa sifatida e’tirof etilgan “Ko‘kka uchgan tulporlar” romani turadi. Asar qahramonlari timsolida ayolning ko‘p qirrali badiiy modeli – sabr-toqat va matonat namunasi bo‘lgan ona, oilaviy munosabatlarda fidoyi va sadoqatli ayol, jamiyatdagi tenglik, adolat va insoniylik uchun kurashuvchi faol shaxs sifatidagi talqinlar yoritiladi.

Author Biography

  • Qobilova Zarnigor O‘ktamovna, Qobilova Zarnigor O‘ktamovna

    Samarqand davlat pedagogika instituti assistenti

References

Published

2026-04-16