BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TABIATNI ANGLASH ORQALI SHAXSDA EKOLOGIK ONGNI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
boshlang‘ich ta’lim, tabiatni anglash, ekologik ong, ekologik ta’lim, ekologik madaniyat, interfaol metodlar, kuzatish, tajriba, amaliy faoliyat, atrof-muhitni asrash, shaxs rivoji, mas’uliyat.Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarda tabiatni anglash orqali ekologik ongni shakllantirish va rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Unda ekologik ta’limning mazmuni, uning shaxs kamolotidagi o‘rni hamda o‘quvchilarda tabiatga ongli munosabatni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari yoritiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik madaniyatni rivojlantirishda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan interfaol metodlar, kuzatish, tajriba va amaliy faoliyatning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Maqolada tabiat bilan bevosita muloqot qilish orqali o‘quvchilarda mas’uliyat, ekologik tafakkur va atrof-muhitni asrashga doir qadriyatlarni shakllantirish yo‘llari tahlil qilingan.
References
Downloads
Published
2026-04-16