TIL TA’LIMIDA ETIMOLOGIYA MASALALARI

Authors

  • Erbutayeva Shalola Utkirovna Author
  • Mamilova Sabina Isoq qizi Author

Keywords:

Morfemika, etimologiya, morfemik struktura, birikish, soddalashish, yaxlitlanish, tublashish.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek tili morfemik tizimidagi tarixiy o‘zgarishlar va ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilinadi.Tadqiqot davomida so‘zning morfemik strukturasi vaqt o‘tishi bilan qanday transformatsiyaga uchrashi to‘rta asosiy hodisa  birlashish, soddalashish, yaxlitlanish va tublashish misolida ochib berilgan. Maqolaning o‘ziga xosligi shundaki,unda har bir til hodisasi nazariy ta’riflanib, so‘zlarning etimologik ma’nolari bilan qiyoslanadi. Ilmiy tahlil uchun uyqu, yulduz va pichoq so‘zlari tanlab olingan bo‘lib, bu so‘zlar o‘z tarixiy rivojlanish yo‘lida birlashish – bir nechta morfemaning qo‘shilishi, soddalashish – morfemik chegaraning xiralashishi, yaxlitlanish – fonetik o‘zgarishlar natijasida so‘z va qo‘shimcha orasidagi chegaraning yo‘qolishi, va tublashish – so‘zning mustaqil yasalma sifatida emas, balki yaxlit leksema sifatida idrok etilishi bosqichlarini to‘liq namoyon etadi. Foydalanilgan manbalar orasida E.V.Sevortyan, Sh.Rahmatullayev, G‘.Abdurahmonov asarlari muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan.

Author Biographies

  • Erbutayeva Shalola Utkirovna

    Samarqand davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi.

  • Mamilova Sabina Isoq qizi

    O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

     sabinaisoqovna@gmail.com

References

Published

2026-04-16