CHET TILLARINI O‘QITISHDA BLENDED LEARNING MODELINING IMKONIYATLARI VA AMALIY YECHIMLARI
Keywords:
Aralash ta’lim, raqamli pedagogika, talaba avtonomiyasi, kommunikativ kompetensiya, Learning Management System (LMS), Flipped Classroom, EFL konteksti, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT).Abstract
Ushbu tadqiqot zamonaviy oliy ta’lim tizimida chet tillarini o‘qitish samaradorligini oshirishda blended learning (aralash ta’lim) modelining pedagogik imkoniyatlari va uning amaliy еchimlarini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Tadqiqot tavsifiy va qiyosiy-metodik tahlil usullariga asoslanadi hamda ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarning an’anaviy dars shakllari bilan integratsiyalashuvini ko‘rsatish uchun oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari, LMS (Moodle/HEMIS) platformalari resurslari va xalqaro metodik qo‘llanmalardan asosiy manba sifatida foydalanadi.Natijalar shuni ko‘rsatadiki, chet tili darslarida nazariy materiallarni onlayn asinxron shaklda, amaliy kommunikativ ko‘nikmalarni esa bevosita auditoriya mashg‘ulotlarida (sinxron) tashkil etish talabalarning nutqiy kompetensiyasini 25-35% ga oshiradi. Tadqiqot yakunlari shuni ko‘rsatadiki, ingliz tili o‘qitishda aralash ta’lim modeli nafaqat vaqtni tejash, balki talabalarning mustaqil ta’lim olish (learner autonomy) qobiliyatini rivojlantirishning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Taklif etilayotgan amaliy еchimlar — mobil ilovalar va interaktiv raqamli modullar orqali o‘quv jarayonini individuallashtirish, o‘zbek auditoriyasining lisoniy va texnologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi.