MORFOLOGIK TIZIMNI O‘QITISHDA AN’ANAVIY VA INNOVATSION METODLARNING QIYOSIY TAHLILI
Keywords:
morfologiya, morfologik tizim, grammatik kategoriya, an’anaviy metod, innovatsion metod, konstruktivistik yondashuv, interaktiv ta’lim, gamifikatsiya, sun’iy intellekt, lingvistik tafakkur.Abstract
Mazkur maqolada morfologiyani o‘qitish metodikasining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Xususan, an’anaviy (deduktiv) va innovatsion (konstruktivistik) yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari hamda o‘zaro uyg‘unligi ilmiy asosda yoritiladi. Morfologik tizimning tilning grammatik tuzilishidagi o‘rni, uning fonetik va sintaktik darajalar bilan bog‘liqligi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, interaktiv metodlar, gamifikatsiya elementlari va sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalarning morfologiyani o‘qitishdagi roli ochib beriladi. Tadqiqot natijalari an’anaviy va innovatsion metodlarning integratsiyasi ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
References
Downloads
Published
2026-04-17