O‘ZBEK TILIDA OTLARNING LEKSIK-SEMANTIK TASNIFI VA MAYDON XUSUSIYATLARI
Keywords:
semantik maydon, o‘zbek tili, otlar, semantik tasnif, lug‘at, giponimiya, giperonimiya, mavhum tushunchalar, elektron korpus, tematik guruhlar, ideografik lug‘at, avtomatik teglash, qiyosiy tahlil, korpus lingvistikasi.Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi otlarni semantik maydonlarga guruhlash masalasi tahlil etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘zbek tilidagi otlarni tematik va semantik jihatdan keng qamrovli guruhlash hamda mazkur tasnifni ingliz, rus va turk tillaridagi mavjud semantik tizimlar bilan qiyosiy tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot jarayonida O‘zbek tilining elektron korpusi va izohli lug‘at asosidagi materiallardan foydalanilgan. Natijada o‘zbek tilidagi 10 000 ot so‘z quyidagi 6 ta asosiy semantik maydonga ajratildi: Tabiat, Inson faoliyati, Moddiy ob’ektlar, Mavhum tushunchalar, Joy va makon hamda Oziq-ovqat. Har bir semantik maydon o‘z navbatida yanada kichik guruhlarga ajratilib, ularning ulushlari statistik jihatdan tahlil qilindi va diagrammalar yordamida aks ettirildi. Maqolada olingan natijalar boshqa tillar bilan taqqoslanib, umumiylik va farqlar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari semantik lug‘atlar tuzish, avtomatik semantik teglash va multilingvistik ideografik lug‘atlarni ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin.