KONTRASTIV LEKSIKOLOGIYA TAMOYILLARI VA ULARNING IKKI TILLI LEKSIKOGRAFIYA HAMDA TARJIMA AMALIYOTIDAGI O‘RNI

Authors

  • Istoda Rasulova Istoda Rasulova Author

Keywords:

kontrastiv leksikologiya, leksik maydon, komponent tahlil, leksikosemantik yondashuv, ikki tilli leksikografiya, tarjima nazariyasi, leksik interferensiya, soxta do‘stlar, ekvivalentlik, kollokatsiya, lingvodidaktika.

Abstract

Ushbu maqolada kontrastiv tilshunoslikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kontrastiv leksikologiyaning mazmuni, metodlari va uning leksikografiya hamda tarjima amaliyotidagi roli tahlil qilinadi. Leksik maydon yondashuvi, komponent tahlil va leksiko-semantik yondashuvning nazariy asoslari hamda ular yordamida tillararo leksik tizimlarning o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Maqolada ikkitillik leksikografiyada ekvivalent tanlash, kollokatsiyalarni belgilash, konnotativ ma’nolarni qayd etish kabi jarayonlarda kontrastiv tahlilning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, tarjimada leksik interferensiya, “soxta do‘stlar” hodisasi, shaklan o‘xshash, ammo semantik jihatdan farqlanuvchi birliklar misolida kontrastiv metodning zarurligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari kontrastiv tilshunoslik, o‘quv leksikografiya va tarjima nazariyasi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib, ularning lingvodidaktik jarayondagi amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi. 

Author Biography

  • Istoda Rasulova, Istoda Rasulova

    Samarqand davlat universiteti

     

    O‘zbek tilshunosligi dotsenti

     

    e-mail: istoda.87@gmail.com 

References

Published

2026-04-15