O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATINI XALQAROLASHTIRISH JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
oliy taʼlim, xalqarolashtirish, akademik mobillik, xalqaro hamkorlik, global reytinglar, qoʻshma taʼlim dasturlari, xalqaro akkreditatsiya, taʼlim siyosati.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining xalqarolashtirish
jarayonidagi hozirgi holati kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda oliy ta’lim tizimida so‘nggi yillarda
kuzatilayotgan institutsional o‘zgarishlar, talabalar sonining ortishi, xorijiy talabalar ulushi va
xalqaro hamkorlik dinamikasi statistik ma’lumotlar asosida yoritilgan. Qo‘shma ta’lim dasturlari,
akademik mobillik, xalqaro reytinglardagi natijalar va ilmiy-tadqiqot faoliyatining globallashuvi
omillar sifatida baholanadi. Maqolada xalqarolashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, ta’lim sifatini
modernizatsiya qilish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va ilmiy integratsiyani kuchaytirish
mexanizmlari tahlil qilingan. Viza jarayonlari murakkabligi, moliyalashtirishdagi muammolar, ingliz
tili kompetensiyasining pastligi va infratuzilma muammolari kabi asosiy to‘siqlar aniqlangan. Xalqaro
tajribalar asosida tizimni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
References
1. 28.01.2022 yildagi PF-60-son “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning
taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
2. O‘tgan еtti yilda mamlakatimizda universitetlar soni 219 taga еtdi. (05.06.2025). UzA
https://uza.uz/uz/posts/otgan-yetti-yilda-mamlakatimizda-universitetlar-soni-219-taga
yetdi_727578
3. Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi. (28.05.2025)
https://kun.uz/news/2025/05/28/oliy-talim-tashkilotlarida-qancha-talaba-tahsil-olayotgani
aytildi
4. O‘zbekistonda 10 yilda xorijlik talabalar soni qariyb 18 barobarga oshdi. (29.04.2025)
https://kun.uz/news/2025/04/29/ozbekistonda-10-yilda-xorijlik-talabalar-soni-qariyb-18
barobarga-oshdi
5. O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi mamlakat talabalari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
(12.05.2025)https://www.xabar.uz/uz/mahalliy/ozbekistonda-eng-kop-qaysi-mamlakat-talabalari
tahsil
6. O‘zbekistonda nechta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi? (14.02.2024) UzA
https://uza.uz/uz/posts/ozbekistonda-nechta-oliy-talim-muassasasi-faoliyat-yuritadi_567669
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yilda oʻz faoliyatiga oid hisoboti (api
portal.gov.uz dan olindi)