ISPAN VA O‘ZBEK TILLARIDA GENDER VA INSON KONSEPTINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

Authors

  • ABDULLAYEVA FOTIMA KOMILJON QIZI Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: gender tilshunosligi, lingvomadaniyat, inson konsepti, ispan tili, o‘zbek tili, grammatik jins, madaniy stereotiplar, kognitiv tilshunoslik, semantika, pragmatika, konseptual tahlil, ijtimoiy rol, gender identiteti, frazeologiya, diskurs tahlili.

Abstract

          Mazkur maqolada ispan va o‘zbek tillarida gender hamda inson konseptining lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy-kognitiv yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda gender kategoriyasining til tizimida ifodalanishi, uning leksik-semantik, grammatik hamda pragmatik jihatlari inson konsepti bilan o‘zaro bog‘liq holda o‘rganiladi. Ispan tilida grammatik jins (maskulin va feminin) tizimi orqali inson tasviri keng ifodalansa, o‘zbek tilida gender neytralligi ustun bo‘lib, inson konsepti asosan ijtimoiy va kontekstual baholash orqali shakllanadi. Shuningdek, maqolda, frazeologik birliklarda va kundalik nutqda gender stereotiplari hamda madaniy qarashlarning aks etishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida har ikki tilda inson konseptining gender bilan bog‘liq lingvomadaniy modellaridagi o‘xshash va farqli jihatlar aniqlanadi. Ushbu ish kognitiv tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik va gender tilshunosligi rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.

References

Published

2026-06-03