ZAMONAVIY OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TILIDA FRAZEOLOGIZMLARNING QO‘LLANISH DARAJASI VA USLUBIY VAZIFALARI

Authors

  • SABIROVA NILUFAR KAMILJANOVNA Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: frazeologizm, ommaviy axborot vositalari, media til, uslubiyat, ekspressivlik, obrazlilik, jurnalistika tili, lingvostilistika, nutq madaniyati, frazeologik birlik, reklama tili, internet media, kommunikativ ta’sir, baholovchi leksika.

Abstract

          Mazkur tezisda zamonaviy ommaviy axborot vositalari (gazeta, televideniye, radio va internet nashrlari) tilida frazeologizmlarning qo‘llanish darajasi hamda ularning uslubiy vazifalari tahlil qilinadi. Frazeologik birliklar ommaviy axborot vositalarida nutqning ta’sirchanligini oshirish, ekspressivlikni kuchaytirish va auditoriyaga tez ta’sir qilish vositasi sifatida keng qo‘llanilishi yoritiladi. Tadqiqotda frazeologizmlarning axborot matnlarida obrazlilik yaratish, baholovchilikni ifodalash hamda o‘quvchi va tinglovchilarda emotsional munosabat uyg‘otishdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslanadi. Shuningdek, zamonaviy media matnlarda frazeologizmlarning yangicha transformatsiyalari, qisqartirilgan va o‘zgartirilgan shakllari ham kuzatilishi qayd etiladi. Natijalar frazeologizmlarning OAV tilida faol va samarali stilistik vosita ekanligini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-06-04