BACHADON CHANDIQLI AYYOLLARDA TUG’RUQ JARAYONINI KLINIK-FUNKSIONAL BAHOLASH
Keywords:
Kalit so‘zlar: Bachadon chandiqli ayollar, tug‘ruq jarayoni, klinik-funksional baholash, perinatal oqibatlar, kesarcha kesishdan keyingi tug‘ruq, tug‘ruq monitoringi., Keywords: Women with uterine scars, labor process, clinical-functional assessment, perinatal outcomes, labor after cesarean section, labor monitoring.Abstract
Annotatsiya: Zamonaviy akusherlik amaliyotida kesarcha kesish operatsiyasini boshdan kechirgan ayollarda keyingi homiladorlikni tabiiy tug‘ruq (VBAC) yo‘li bilan yakunlashga bo‘lgan intilishlar ortib bormoqda. Mazkur jarayon tibbiyot xodimlari uchun bemorning tug‘ruqqa yaroqliligini aniqlash, uni proaktiv boshqarish hamda klinik ko‘rsatmalarda ko‘pincha qamrab olinmaydigan axloqiy-huquqiy murakkabliklarni hal qilish kabi jiddiy vazifalarni yuklaydi. Xavfni boshqarish kontsepsiyasi asosan kutilmagan asoratlarning oldini olish hamda noxush hodisalarni prognoz qilish strategiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan. Akusherlikda, xususan, bachadon chandiqli ayollarda tug‘ruqdan keyingi asoratlarni boshqarish bo‘yicha mavjud yondashuvlar hali ham to‘liq shakllanmaganligi bois, klinik tavsiyalar va amaliy tadqiqotlar o‘rtasida tafovutlar saqlanib qolmoqda. Mazkur ishning maqsadi bachadon chandiqli ayollarda tug‘ruq jarayonini klinik-funksional baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish hamda xavflarni boshqarishning zamonaviy yondashuvlarini ilmiy asoslashdan iborat.
Abstract. In modern obstetric practice, there is an increasing desire for women who have undergone cesarean section to complete their subsequent pregnancies by vaginal birth (VBAC). This process poses serious challenges for healthcare professionals, such as determining the patient's fitness for childbirth, proactively managing it, and resolving ethical and legal complexities that are often not covered in clinical guidelines. The concept of risk management is primarily aimed at developing strategies to prevent unexpected complications and predict adverse events. Since existing approaches to the management of postpartum complications in obstetrics, in particular in women with uterine scars, are still not fully developed, discrepancies remain between clinical recommendations and practical research. The aim of this work is to develop new mechanisms for clinical and functional assessment of the labor process in women with uterine scars and to scientifically substantiate modern approaches to risk management.