YURAK QON-TOMIR TIZIMI KASALIKLARI XAFINI BAXOLASH

Authors

  • Daminova Shahnoza Panji qizi Author
  • Kattaboyeva Muhayyo Nurmuhammad qizi Author

Keywords:

Kalit so’zlar: yurak qon-tomir tizimi, xavf omillari, prognozlash, preventiv kardiologiya, skrining, ateroskleroz, scoring tizimlari, miokard infarkti

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy tibbiyotning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan yurak qon-tomir tizimi kasalliklarini (YQTK) erta bosqichlarda aniqlash va ularning rivojlanish xavfini baholash masalalari tadqiq etilgan. Maqolada aholi o‘rtasida kardiologik patologiyalarning shakllanishiga ta’sir etuvchi yetakchi xavf omillari (endogen va ekzogen omillar) tahlil qilinib, bemorlarning individual xavf darajasini prognozlashda xalqaro miqyosda qo‘llaniladigan zamonaviy shkalalar hamda scoring tizimlarining samaradorligi qiyosiy o‘rganilgan. Tadqiqot davomida subklinik ateroskleroz belgilarini erta aniqlashda instrumental va laborator skrining usullarining integratsiyalashgan kombinatsiyasidan foydalanish zarurligi ilmiy asoslab berilgan. Olingan natijalar yurak qon-tomir fojialarining (insult va miokard infarkti) oldini olish, preventiv kardiologiya chora-tadbirlarini optimallashtirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

References

Published

2026-06-07