OLIY TA’LIM TIZIMIDA XO‘JALIK HISOBINI YURITISHDAGI TIZIMLI MUAMMO VA KAMCHILIKLAR: NDKTU MISOLIDAGI EMPIRIK TADQIQOT
Keywords:
Kalit so‘zlar: xo‘jalik hisobi, moliyaviy erkinlik, NDKTU, byudjet mablag‘lari, to‘lov-shartnoma tushumlari, xarajatlar smetasi, ABC modeli, g‘aznachilik nazorati, raqamli integratsiya, faktorli tahlil.Abstract
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada oliy ta’lim tizimining moliyaviy barqarorligi hamda shaffofligini ta’minlash sharoitida ichki xo‘jalik hisobini tashkil etishning metodologik, institutsional va amaliy jihatlari tadqiq qilingan. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining (NDKTU) 2026-yilga mo‘ljallangan rasmiy xarajatlar smetalari hamda moliyaviy indikatorlari bazasida OTMlarning amaldagi xo‘jalik faoliyati kompleks tahlilga tortilgan. Tadqiqot natijasida g‘aznachilik tizimidagi byurokratik to‘siqlar, xarajatlar arxitekturasidagi ijtimoiy va ekspluatatsiya moddalarining nomutanosibligi hamda HEMIS va UzASBO raqamli platformalari o‘rtasidagi integratsiyaning zaifligi kabi tizimli muammolar ochib berilgan. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan "Activity-Based Costing" (ABC) modelini milliy oliy ta’lim muassasalari buxgalteriya tizimiga moslashtirish bosqichlari hamda kafedralarni mustaqil moliyaviy mas’uliyat markazlariga aylantirish strategiyasi ilmiy jihatdan asoslangan.