AQLLI BINOLAR UCHUN MODERNIZATSIYA TEXNOLOGIYALARI BO'YICHA TAHLIL: ALOQA PROTOKOLLARI, MUAMMOLAR VA KELAJAKDAGI TENDENTSIYALAR.
Keywords:
Kalit soʻzlar: Retrofit, apparat-dasturiy moslik, IoT, o‘rnatilgan tizimlar (Embedded Systems), ESP32, protokollar integratsiyasi, energiya samaradorligi, sanoat avtomatizatsiyasi.Abstract
Annotatsiya: Ushbu ilmiy ishda mavjud an’anaviy infratuzilmalarni modernizatsiya qilishda qo‘llaniladigan Retrofit qurilmalarini loyihalash prinsiplari tadqiq etilgan. Retrofit tizimlarining samaradorligi bevosita apparat platformasi (hardware) va dasturiy ta’minot (software) o‘rtasidagi moslik darajasiga bog‘liq. Maqolada kam energiya iste’mol qiluvchi mikrokontrollerlar (masalan, ESP32 seriyasi), datchiklar va sanoat interfeyslarining (CAN bus, Modbus) operatsion tizimlar hamda drayverlar darajasidagi o‘zaro integratsiyasi tahlil qilingan. Shuningdek, apparat va dasturiy ta’minotning muvofiqligini ta’minlashdagi arxitekturaviy cheklovlar, resurslarni optimallashtirish va tizim barqarorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar keltirilgan.