BUXORO VOHASI AHOLISI MUCHAL TO‘YLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Abstract
Vohada keng nishonlanadigan marosimlardan yana biri bu muchal to‘yi hisoblanadi. Muchal to‘yi tojik va o‘zbek xalqlarining qadimiy marosimlaridan biri hisoblanib, marosim asosan vohaning shahar aholisi orasida ko‘p o‘tkaziladi. Demak bundan ko‘rinib turibdiki, muchal to‘yi vohaning tumanlarida odatda, nishonlanmaydi[1]. Ushbu marosim umrning bir davridan ikkinchisiga o‘tish (ya’ni, 12-13, 24-25, 36-37... yoshda) da bag‘ishlab nishonlanadi. Ko‘p hollarda vohada ushbu marosimning birinchi muchal almashishi ya’ni, o‘g‘il-qizlarning bolalikdan o‘smirlikka o‘tishi tantana sifatida bayram qilinadi. Qolgan o‘n ikki yilliklarda esa bunga har doim ham ahamiyat berilmaydi. Bu tantana odatda Navro‘z bayramida nishonlanadi.
[1] Кисляков Н.А. Семья и брак у таджиков по материалам конца XIX – начала XX века. – Москва, 1959. – C. 56.