XOM ASHYODAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBA VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Abstract
Jahon iqtisodiyotida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqsadlarga erishishda xom ashyodan oqilona va samarali foydalanish muhim omillardan biri hisoblanadi [1]. Xom ashyo korxona ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismini tashkil etib, ko‘plab sanoat tarmoqlarida uning ulushi umumiy xarajatlarning 50–80 foizigacha yetadi. Shu sababli rivojlangan davlatlar va yirik xalqaro kompaniyalar xom ashyo sarfini optimallashtirish, chiqindilarni kamaytirish va resurslardan maksimal darajada foydalanish bo‘yicha samarali tizimlarni joriy etib kelmoqda.
References
Downloads
Published
2026-06-09