OʻZBEKISTONDA SUV XOʻJALIGI VA MELIORATSIYA TIZIMLARINING EVOLYUTSIYASI HAMDA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA)

Authors

  • Hamroeva Nodira Normurodovna Author

Keywords:

Kalit so'zlar: irrigatsiya, melioratsiya, Surxondaryo, suv ombori, Janubiy Surxon, Sherobod cho'li, Amu-Zang kanali, sug'orish tarixi, tuproq sho'rlanishi, suv xo'jaligi siyosati.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada XX asr boshidan XXI asr boshigacha bo'lgan davrda O'zbekistonda, xususan Surxondaryo viloyati misolida, irrigatsiya va melioratsiya tizimining shakllanishi, rivojlanishi hamda taraqqiyot bosqichlari tarixiy-qiyosiy va manbashunoslik usullari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda voha sug'orish xo'jaligi rivojining to'rt asosiy bosqichi — chor Rossiyasi va Buxoro amirligi davri, sovet hokimiyatining dastlabki o'n yilliklari, urushdan keyingi keng ko'lamli o'zlashtirish davri hamda mustaqillik va Yangi O'zbekiston yillari — ajratib ko'rsatilgan. Natijalar Janubiy Surxon, To'palang, Uchqizil suv omborlari va Amu-Zang mashina kanali kabi yirik gidrotexnika inshootlari qurilishi vohaning agrar qiyofasini tubdan o'zgartirgani, ammo ayni paytda tuproq sho'rlanishi va meliorativ muammolarni ham keltirib chiqarganini ko'rsatadi. Muallif Yangi O'zbekiston sharoitida suv resurslarini boshqarishning raqamlashtirilishi va suv tejovchi yondashuvga o'tishi tarixiy tajriba asosida baholanishi lozimligini asoslaydi.

References

Published

2026-06-09