O’ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES SUB’YEKТLARI RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: kichik biznes, tadbirkorlik, xususiy sektor, biznes muhiti, iqtisodiy rivojlanish, bandlik, investitsiyalar, davlat qo‘llab-quvvatlashi, iqtisodiy islohotlar, O‘zbekiston iqtisodiyoti.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekistonda kichik biznes subyektlari rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosati, yaratilayotgan qulay biznes muhiti, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda sohaning iqtisodiy o‘sish, bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirishdagi roli yoritilgan. Tadqiqot davomida kichik biznes subyektlarining faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Natijalar O‘zbekistonda kichik biznesni yanada rivojlantirish iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashning muhim omillaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.