KICHIK KORXONALARDA SABZAVOT (BAQLAJON, PETRUSHKA VA UKROP) LARNI KONVEKTIV USULDA QURITISH TEXNOLOGIYASI

Authors

  • Ishmuratov Shavkat Saparovich Author
  • Samandarova Munisa Xolmamat qizi Author
  • Qurbonova Hilola Xursand qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: baqlajon, petrushka, ukrop, konvektiv quritish, namlik, harorat rejimi, quritilgan mahsulot, energiya samaradorligi, saqlash muddati.

Abstract

Annotatsiya. Maqolada kichik korxonalar sharoitida baqlajon, petrushka va ukropni konvektiv usulda quritish texnologiyasi, quritish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar hamda tayyor mahsulot sifat ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Quritish jarayonida harorat, havo oqimi tezligi va quritish davomiyligining mahsulot sifatiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari konvektiv quritish usuli sabzavotlarning biologik va organoleptik xususiyatlarini saqlab qolish, saqlash muddatini uzaytirish hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini berishini ko‘rsatdi. Quritilgan mahsulotlar oziq-ovqat sanoati, umumiy ovqatlanish korxonalari va eksport uchun istiqbolli mahsulot sifatida baholandi.

References

Published

2026-06-10