AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA TAQSIMLANMAGAN FOYDA HISOBINI YURITISH VA UNING MOLIYAVIY BARQARORLIKKA TA’SIRI

Authors

  • Axmadjonov Farruxbek Author

Abstract

Bozor iqtisodiyoti sharoitida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini baholashda xususiy kapital tarkibi muhim ahamiyat kasb etadi. Xususiy kapital tarkibida taqsimlanmagan foyda alohida o‘rin tutib, korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, investitsion faoliyatini kengaytirish va kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini belgilashda muhim moliyaviy manba hisoblanadi. Taqsimlanmagan foyda korxona tomonidan olingan sof foydaning dividend sifatida taqsimlanmay qolgan qismi bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi loyihalarni moliyalashtirish va moliyaviy xavflarni kamaytirish uchun foydalaniladi [1].

References

Published

2026-06-10