SEMENTBETONNING ISSIQLIKDAN KENGAYISHI VA ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIGINI HISOBLASH

Authors

  • Bobonazarov Temur Shuxrat o‘g‘li Author
  • Usupov Tolibjon Qurvonboy o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Sementbeton qoplama, issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti, issiqlik o‘tkazuvchanlik, harorat gradienti, termik zo‘riqish, plita egilishi, deformatsiya choki, yo‘l muhandisligi.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada keskin qit’aviy iqlim sharoitida ishlaydigan sementbeton qoplamali avtomobil yo‘llarida yuzaga keladigan termik deformatsiyalar va issiqlik uzatilish jarayonlari muhandislik-fizik jihatdan tahlil qilingan. Sementbeton plitalarining chiziqli issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti (α) va issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentini (λ) hisoblash usullari hamda ularga ta’sir etuvchi asosiy omillar (yirik to‘ldiruvchi turi, sement miqdori, namlik va g‘ovaklik) tadqiq etilgan. Maqolada harorat gradienti (ΔT) ta’sirida vujudga keladigan sementbetonning termik yorilish mexanizmlari keltirilgan bo‘lib, olingan natijalar yo‘l to‘shamalarining chidamliligini oshirish va deformatsiya choklarini to‘g‘ri loyihalash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

References

Published

2026-06-10