KICHIK GES UCHUN ADAPTIV BOSHQARUVDA QOLLANILADIGAN SENSOR TIZIMI VA OQIM HAMDA BOSh O'LCHASH USULLARI

Authors

  • Orifjonov S Author
  • Kamalov Kozimjon Kobuljon o'g'li Author

Keywords:

Kalit so'zlar: kGES sensor tizimi, oqim o'lchagich, bosim transmitteri, enkoder, samaradorlik hisoblash, kavitatsiya monitoring, Promag 53, EJA110E.

Abstract

Ushbu tezisda kichik GES ning adaptiv samaradorlik boshqaruvi uchun zarur bo'lgan sensor tizimi — oqim o'lchagich, bosim transmitteri, enkoder va kavitatsiya sensori — ko'rib chiqilgan. Eskirgan mexanik o'lchagichlar (±5–8% oqim aniqligi) adaptiv boshqaruvni samarali ishlatish imkonini bermaydi. Endress+Hauser Promag 53 (±0,5%), Yokogawa EJA110E (±0,075%) va Heidenhain ERN 1381 (±0,01%) kombinatsiyasi η aniqligini ±0,48% ga yetkazdi. To'liq sensor tizimi qisman o'rnatishga nisbatan adaptiv boshqaruv ishlash sifatini 23,4% yaxshiladi.

References

Published

2026-06-11