TEXNOLOGIK TARAQQIYOT MILLIY TARAQQIYOTNING USTUVOR YOʻNALISHI SIFATIDA
Keywords:
Kalit so‘zlar: texnologik taraqqiyot, milliy rivojlanish, raqamli iqtisodiyot, innovatsiya, AKT eksporti, IT Park, iqtisodiy diversifikatsiya.Abstract
Annotatsiya: Texnologik taraqqiyot zamonaviy milliy rivojlanish modelining ajralmas qismi sifatida e‘tirof etiladi. Mazkur maqolada texnologik taraqqiyotning milliy rivojlanishdagi o‘rni iqtisodiy nazariya, empirik ma‘lumotlar va O‘zbekiston tajribasi asosida tahlil qilinadi. Amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, qisqa muddatlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur‘atlariga erishgan davlatlar o‘z rivojlanish strategiyalarini texnologik modernizatsiya asosida shakllantirib, global raqobatbardoshlikni kuchaytirishga erishgan. O‘zbekistonda AKT xizmatlari eksporti 2020-yildan 2025-yilgacha 57 baravarga oshgani texnologik taraqqiyotning milliy iqtisodiyotga ijobiy ta‘sirini yaqqol isbotlaydi. Maqola texnologik rivojlanishni ustuvor yo‘nalish sifatida shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlar va muammolarni ham muhokama qiladi.