CHORRAHALARDA TRANSPORT VOSITALARI HARAKATINING XAVFSIZLIK KO‘RSATKICHLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bugungi kunda transport tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Aholi sonining ortishi, avtomobillashuv darajasining yuqorilashi va transport oqimlarining jadallashuvi natijasida chorrahalarda harakatni tashkil etish masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chorrahalar yo‘l tarmog‘ining eng murakkab elementlaridan biri bo‘lib, aynan ushbu hududlarda transport vositalari va piyodalar oqimlarining kesishishi natijasida turli ziddiyatli vaziyatlar yuzaga keladi. Shu sababli chorrahalarda harakat xavfsizligi ko‘rsatkichlarini takomillashtirish yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish va transport tizimining samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
References
Downloads
Published
2026-06-11