INVESTITSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH JARAYONIDA TIJORAT BANKLARI ISHTIROKINI KENGAYTIRISH YO'NALISHLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Investitsion loyihalar, tijorat banklari, moliyalashtirish, sindikatlashgan kreditlash, xavflarni boshqarish, iqtisodiy o'sish, O'zbekiston, kredit liniyalari, moliyaviy instrumentlarAbstract
Ushbu tezisda O‘zbekistonda investitsion loyihalarni moliyalashtirish jarayonida tijorat banklari ishtirokini kengaytirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Iqtisodiy o‘sish va modernizatsiya sharoitida investitsiyalarning ahamiyati, ularni moliyalashtirishda tijorat banklarining markaziy roli yoritilgan. Tezisda tijorat banklarining investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi hozirgi holati, jumladan, O‘zsanoatqurilishbank misolida milliy va xorijiy valyutadagi kredit dasturlari, shuningdek, sindikatlashgan kreditlash mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida, resurs bazasini mustahkamlash, moliyalashtirish instrumentlarini diversifikatsiya qilish, xavflarni boshqarish tizimini takomillashtirish va mijozlar bilan munosabatlarni mustahkamlash kabi yo‘nalishlar tijorat banklari ishtirokini kengaytirishning asosiy omillari sifatida belgilangan. Tezis yakunida banklarning investitsion salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.