“O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” AJ TIZIMIDA TRANSPORT-LOGISTIKA JARAYONLARINI RAQAMLASHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI VA ISTIQBOLLARI

Authors

  • Yermatova Dilnoza Axmadjanovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: O‘zbekiston temir yo‘llari, raqamlashtirish, iqtisodiy samaradorlik, sun’iy intellekt, logistika, IoT datchiklari, blokcheyn, kapital aylanishi, tannarx, bashoratli ta’mirlash (Predictive Maintenance), tranzit salohiyati.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu ilmiy tezisda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatining bugungi holati, tarmoqdagi iqtisodiy va operatsion muammolar atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchi tashish jarayonlariga zamonaviy raqamli texnologiyalarni (Sun’iy intellekt, IoT, Blokcheyn) joriy etish orqali erishiladigan iqtisodiy samaradorlikni baholashdan iborat. Maqolada infratuzilmani modernizatsiya qilish, harakatlanuvchi tarkibning unumsiz turib qolishini kamaytirish va ekspluatatsiya xarajatlarini optimallashtirish yo‘llari iqtisodiy ko‘rsatkichlar va hisob-kitoblar asosida yoritib berilgan. Tadqiqot natijasida 1 tonna/km yuk tashish tannarxini pasaytirish va tarmoqning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

References

Published

2026-06-11