KORXONADA TAYYOR MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH FAOLIYATINI SAMARALI BOSHQARISH
Abstract
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatining samaradorligi va barqaror rivojlanishi, avvalo, ishlab chiqarish jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi va boshqarilishiga bevosita bog‘liqdir. Ayniqsa, tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayoni korxonaning yakuniy natijalarini shakllantiruvchi asosiy bosqichlardan biri hisoblanadi. Chunki aynan ushbu bosqichda ishlab chiqarilgan mahsulotlar orqali korxona daromad oladi, foyda shakllantiradi va o‘zining moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish faoliyatini samarali boshqarish nafaqat ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki mahsulot sifatini yaxshilash, tannarxni kamaytirish va bozorda raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, ishlab chiqarish jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, resurslardan oqilona foydalanish va boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri qabul qilish masalalari alohida ahamiyat kasb etadi.